
Oltin medallarni o‘zimizda olib qoldik...
Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan xalqaro UCI reyting taqdim etuvchi “Tour of Bostonliq” musobaqasining yakuniy uchinchi bosqichi ham yakuniga etdi.
Mazkur bosqich 160 kilometr masofa bo‘yicha ancha murakkab bo‘lgan tog‘li yo‘lda o‘tkazildi. Unda bir qancha davlatlardan chempionlik umidida etakchi sportchilar ishtirok etdi. Poygada qatnashchilar qizg‘in raqobat asosida g‘oliblik uchun o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Yakunda Milliy terma jamoamiz a’zosi Nikita Svetkov shohsupaga ko‘tarilib, navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi. U turnirda umumiy uchinchi o‘rinni band etib, terma jamoamizga kerakli ochkolarni olib keldi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi musobaqalar ham kutilganidek natijalarga boy bo‘ldi. UCI reyting ochkolarini beruvchi ushbu poygalarda ikki nafar vakilalarimiz birinchi va ikkinchi o‘rinlar egasiga aylandi.
Jumladan, hamyurtlarimiz Shahnoza Abdullaeva birinchi va Madina Qahhorova ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘ringa esa Nesrine Houili (Jazoir) munosib ko‘rildi. Shu tariqa ayollar bo‘yicha ham poygalarning barcha bosqichlar yakunlandi.
Velosport bo‘yicha terma jamoamiz vakillari ko‘rsatgan ajoyib natijalarni musobaqa davomida barcha e’tirof etdi.
Fikrlar