“Oltin to‘p” sohibi olamdan o‘tdi

  • 18 yanvar, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1964 yili futbolchilarning eng nufuzli individual sovrini “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan Denis Lou vafot etdi.

Tecno

Sobiq futbolchi 85 yoshga to‘lishiga bir oy qolgan edi.

Lou shotlandiyalik bo‘lishiga qaramay, professional futbolchilik faoliyatini Angliyaning “Xaddersfild Taun” jamoasida boshlagan. Keyinchalik Manchester shahrining har ikki klubi va Italiyaning “Torino” jamoasida ham to‘p tepgan.

Mohir hujumchi klublar miqyosida 485 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 227 marotaba ishg‘ol qilgan.

Klub miqyosida erishgan barcha sovrinlarini “Manchester Yunayted” safida qo‘lga kiritgan.

Lou Shotlandiya terma jamoasi safida 55 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo‘ygan. U yana bir mashhur sobiq futbolchi Kenni Dalglish bilan birga terma jamoaning eng zo‘r to‘purari hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!