O‘rmondagi jangchi!

  • 16 avgust, 2021, 16:55
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

El-Kapitano! Parij uchun eng muhim transfer!

yahisd

14 yoshli Serxioga Sevilya ko‘chalarida velosipedda harakatlanishni ota-onasi man etdi. Qaysar o‘spirin o‘z aytganidan qolmaydiganlar sirasiga kirar edi. U o‘z "ulovini" oldi va shaharga chiqdi. Sayr qilar ekan, kutilmaganda baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Natijada, u oyog‘idan lat edi. Bu jarohat uni bir yil to‘shakka mixlab qo‘yishini bolakay tasavvur ham qilmagan edi.

Og‘ir kunlar boshlandi. Bolakayning otasi - Xose Mariya bir jihatga e’tibor qaratdi. O‘g‘lida kuchli xarakter bor ekan. U og‘riqlarga matonat bilan dosh berar, hech qachon ko‘z yosh to‘kmadi. Aynan o‘sha 365 kun ichida kichik Ramos hayotda o‘z o‘rnini topish uchun kuchli bo‘lish kerakligini angladi. O‘sha 12 oy ichida metin irodasini toblagan yigitcha ko‘p o‘tmay jahon futboliga dadil qadamlar bilan kirib keldi.

"Afsona - Serxio Ramos", deb nomlangan hujjatli film ekran yuzini ko‘rgach, muxlislar futbolchining faoliyatiga oid ko‘plab qiziqarli ma’lumotlardan xabar topdi. Ramos filmda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, yana bir bor JCh va EChL oltin medallariga ega chiqish orzusida ekanligini yashirib o‘tirmadi. Ko‘p o‘tmay, uning rejalarini o‘zgartirib yuboradigan voqea sodir bo‘ldi. "Real"ning uzoq yillik sardori Parij super klubi bilan shartnoma imzoladi.

i423i42

PSJ - yulduzlarga to‘lib-toshgan "yangi galaktikos"ga aylanib bormoqda. Hatto, ular ham Ramos qanday ulkan naf keltirishi mumkinligini anglab turibdi. Serxio, birinchi navbatda, ichki muhitdagi barqarorlikni va maydondagi tartibni yuzaga keltirishi kerak. PSJda etakchi bo‘lishi kutilgan Neymar ortiqcha vazn muammosiga duch kelgan, Tyago Silva allaqachon "Chelsi"da EChLni yutdi, Markinos va Veratti kamtarin yigitlar. Bu vaziyatda "el-kapitano" PSJ uchun eng kerakli kadrga aylanadi. Boz ustiga, Pochettino va Ramosning tezda til topishib ketishida muammo bo‘lmaydi.

"El-kapitano" doimo tavakkaldan cho‘chimaydiganlar sirasiga kirgan. U doim maydonda sher bo‘lgan. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. U o‘z jamoasini ham sherlardek "nara" tortishga majbur qila oladimi?
To‘g‘ri, xarakteri og‘ir ekanligi bor gap, lekin uning tug‘ma "jangchi" ekanligini hech kim rad eta olmaydi. Krishtianu Ronaldu o‘zining pik formasida ham "Real" kiyinish xonasini bo‘ysundirgan Serxio uchun oson bo‘lmagan davr yaqinlashmoqda. Parijdagi millionerlarni maydonda har bir to‘p uchun sherdek kurash olib borishga majbur etish darkor.

Serxio o‘z-o‘ziga talabchan ekanligi hayratda qoldiradi. U Ueyn Runidan katta bo‘lishiga qaramay, yangi chaqiruvlardan cho‘chimayapti. Runining Ispaniya plyajlarida mast holda tushgan suratlari tarqalib ketgan bir paytda, Ramos terma jamoadan chaqiruv olmaganidan ranjidi. O‘rtadagi farqni darrov anglagan bo‘lsangiz kerak. "Real" Madridda uning sevimli jamoadoshi sanalgan Rafa Varan ham "Qirollik klubi"ni tark etdi. Parijda Kimpembe Ramos uchun tandem hosil qilishi aniq. Darvozada Donnarummaning bor ekanligini inobatga olsak, PSJ mudofaa chizig‘ini ancha yaxshilab oldi.

yahiccccccccc

Ramosni oldinda ulkan g‘alabalar kutib turgani aniq. Shunisi aniq-ki, Serxio Madridni tark etishni istagani yo‘q. Turmush o‘rtog‘i - Pilar Rubio Parijga ko‘chib o‘tishga avval boshidan qarshi edi, biroq "Real" Ramos uchun kompramisga borishni istamadi. Florentino Peres klub afsonalari bilan qanday xayrlashishini yaxshi bilasiz. Ramos ham Peresning printsiplari qurboniga aylandi. Ramos qalbda alam bilan Madridni tark etdi. Aynan shu alam Parijdagi faoliyatida unga kuchli motivatsiya berishi aniq.
Barcha Leo Messining PSJga o‘tishi haqida fikr bildirmoqda. Men esa, klub uchun joriy mavsumdagi eng muhim transferi sifatida Ramosni ko‘rsatgan bo‘lar edim. Shu kunga qadar frantsuzlar katta o‘yinlarni birortasini yuta olmagani uchun qattiq tanqid ostiga olingan. Endi bu "kasallik"ka qarshi kurash bobida benazir futbolchi klubga tashrif buyurdi. Ramos - faqat g‘alaba qozonish uchungina futbol olamiga kirib kelgan toifasidan! U maydonda g‘alaba uchun qolganlarda ko‘proq mehnat qilishga o‘rgangan. Uni shu sifati uchun ham yaxshi ko‘rishadi va ardoqlashadi.

Qahramonimizning otasi bu vaziyat haqida bildirgan fikriga e’tibor qarating!

"Bu uning xarakteri! Hech kim undan buni iltimos qilmagan. Hayotning sinovlariga qaramay, Ramos o‘zi tanlagan yo‘ldan borishda davom etmoqda. U shuncha yillar davomida o‘z-o‘zi bilan kurashishdan to‘xtagani yo‘q".

Darhaqiqat, sayyoramizning eng ko‘p sovrin yutgan himoyachilaridan biri bo‘lishiga qaramay, Ramos yangi marralarni zabt etishdan to‘xtamayapti. Ayni damda u o‘zidan voz kechganlarni xato qaror chiqarganini isbotlash maqsadida mashg‘ulotlarga zo‘r bergani yo‘q. U hech kimga hech narsani isbotlashi shart emas. Uning asosiy raqibi o‘zi!

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!