O‘runov Ufaga keldi. Bugun debyut ko‘ramizmi?

  • 19.08.2020 09:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya premer-ligasining uchinchi turida ko‘pchilik Oston O‘runovning debyutini kutmoqda.

“Spartak” murabbiylar shtabi Oston O‘runovni Ufaga olib kelgan. Yana bir yangi futbolchi Aleksandr Kokorin esa, Moskvada qoldi. U hali jarohatidan to‘liq kutilmagani aytilmoqda. “Spartak” matbuot xizmati futbolchilarning Ufa aeroportidagi suratlarini namoyish etib, Oston O‘runovga alohida e’tibor qaratdi.

61ikxA30AFw_1

Chunki Oston “Spartak” safiga aynan “Ufa”dagi ishonchli o‘yinlari orqali taklif etilgan va bugun sobiq jamoasiga qarshi uchrashuvda debyut qiladigan bo‘lsa, bu O‘runov uchun o‘ziga xos tarixiy voqea bo‘ladi.

Uchrashuv atrofidagi voqealarni tahlil qilayotgan mutaxassislar Oston O‘runovning dastlabki ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgani va koronavirusdan davolanganini inobatga olib, murabbiylar uni zaxiradan maydonga tushirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.   

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

Timur Olimxo‘jaev: O‘runov Namanganda katta tajriba to‘plagan va "Ufa"da o‘zini ko‘rsatgan futbolchi!

Debyut yaqin. O‘runov Ufaga yo‘l oldi

O‘runovning oldida ikki muhim yo‘l bor. U qay biridan boradi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!