O‘runovga yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

  • 7 dekabr, 2020, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumdagi ishonchli o‘yinlari tufayli ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar “Ufa” jamoasining navbatdagi chempionatda sovrinli o‘rinlar uchun kurashishini kutgandi. Lekin amalda unday bo‘lib chiqmadi.

Tecno

Joriy chempionat oldidan jamoani g‘alabalarga etaklagan etakchi futbolchilarning transfer qilinishi ufaliklarga qimmatga tushdi. Ular ketgan o‘yinchilarning o‘rnini bosadigan nomzodlarni topa olmadi.

Xusasan, Oston O‘runov ham “Spartak”ga o‘tgunicha “Ufa”ning eng ilg‘or o‘yinchisi edi. Uning bo‘sh qolgan o‘rnini ham to‘ldirib bo‘lmadi. Natijada jamoa premer-ligada jon saqlab qolish uchun kurashishga majbur bo‘lmoqda.  

Oston O‘runovning “Spartak”dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar “Ufa” jamoasida o‘zbek futbolchisini yana tarkibga qaytarish umidini uyg‘otdi. Hozir ufaliklar rahbariyati O‘runovni qaytarish masalasini muhokama qilyapti.

- O‘runovni  “Ufa”ga qaytarish yaxshi variant. Klub uni ijaraga olish yoki to‘liq transfer qilish borasida murojaat qilmoqchi. Oston sobiq klubi tarkibida muntazam o‘yin amaliyotiga edi, jamoaning etakchi bo‘lgan. O‘runov “Ufa”dagi talablarni yaxshi biladi va hammani taniydi, - deydi nomi sir qolishini istagan “Ufa”ga yaqin manba.

 O‘runov “Spartak” bilan besh yillik shartnoma tuzgan. Unga “Rubin”dan ham jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. “Spartak” bosh murabbiyi Domeniko Tedesko ham yosh futbolchiga imkon berishini bildirdi.

 Qishda O‘runovning faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.

“Rubin” chorlayotgan O‘runov Gazizov va Tedesko o‘rtasida talash bo‘lyapti

Kutilmagan yangilik. Tedesko O‘runovdan voz kechdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998915993686
07/12/2020 22:25
Vaziyatni oddiy kuzatuvchisi sifatida ayta olmanki bu òrislar òzlari bilmagan xolda òyinchimizni top 5 chempionatilarga reklama qilmoqda. Bir xisobdan bu yaxshi.