Osaka Vikaga bosh sovrinni sovg‘a qildi

  • 30 avgust, 2020, 12:22
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Naomi Osaka "Western & Southern Open" turnirining final bahsida Viktoriya Azarenko bilan o‘zaro raqobatlashishi kerak edi.

Biroq Naomi chap oyog‘idagi jarohati sabab, ushbu o‘yinni o‘tkazmaslikka qaror qildi va o‘z-o‘zidan Viktoriya musobaqa g‘olibasiga aylandi.

Belaruslik tennischi musobaqa tashkilotchilari tomonidan 285 ming AQSh dollari miqdorida pul mukofoti va 900 reyting ochkosi bilan taqdirlandi. Osaka esa finalga qadar etib kelgani uchun 152 ming 999 AQSh dollari va 585 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Vika 2016 yildan buyon biror marotaba bosh sovrinni qo‘lga kirita olmayotgan edi. "Western & Southern Open"dagi muvaffaqiyat so‘nggi to‘rt yillikdagi ilk bosh sovrin bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!