Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Osimxen dunyodagi eng zo‘r jamoa nomini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ko‘pchilik bu fikrga qo‘shiladi

«Galatasaray» forvardi Viktor Osimxen Chempionlar ligasida «Barselona»ga qarshi bo‘ladigan navbatdagi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

- «Barselona»ga qarshi bahs oldidan juda katta hayajondaman. Chunki bizga, ehtimol, dunyodagi eng kuchli jamoalardan biri raqib bo‘ladi. Bunday darajadagi raqibga qarshi maydonga tushar ekansan, entuziazm bilan o‘ynash, har bir epizodda juda yuqori darajada jamlanish kerak. Katta kuch bilan pressing qila olishimiz lozim. Biz bu o‘yinga tayyormiz», — deya Osimxenning so‘zlarini keltiradi Le Marca Sports nashri.

Nigeriyalik hujumchi avvalroq jarohati sabab bir necha uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi. Ammo xalqaro tanaffus davrida to‘liq tiklanishga ulgirdi. 9 oktyabr kuni Turkiya chempionati doirasida «Kasimpasha»ga qarshi o‘yinda (3:1) Osimxen maydonga atigi 13 daqiqa tushgan bo‘lsa-da, bir golli pas muallifiga aylandi.

Chempionlar ligasining ikkinchi turidan o‘rin olgan «Galatasaray» — «Barselona» uchrashuvi 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q