Osimxenga superklub topildi

  • 12 iyun, 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli”ga tegishli hujumchi Viktor Osimxenning “Al-Hilol”ga transferi barbod bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, nigeriyalik o‘yinchiga boshqa da’vogar chiqdi. “Manchester Yunayted” Osimxenga ish berishga tayyor.

Ruben Amorim jamoasi italiyaliklardan to‘purarni olish uchun o‘z hujumchisi Joshua Zirkzeeni shartnomaga qo‘shishga rozi bo‘ldi. “Napoli” niderlandiyalik futbolchiga qiziqish bildiryapti.

Neapolliklar yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishni mo‘ljallamoqda va Zirkzee ularning talabiga javob beradi. Bundan tashqari, manchesterliklar bu transfer uchun muayyan miqdorda badal pulini ham qo‘shib to‘laydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!