Oston O‘runov eng zo‘rlar qatorida!

  • 12.12.2025 13:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Eron Pro-Ligasi 13-turi yakunlandi. "Sepaxon" jamoasi 24 ochko bilan etakchi bo‘lib turibdi. 

Keyingi o‘rinlarda Tehronning ikki grandlari - "Persepolis" va "Istiqlol" jamoalari joylashgan. 

"Paykan"ga qarshi o‘yinda gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirgan Oston O‘runov "360"nashri tomonidan ramziy jamoaga kiritildi. 

Ma’lumot uchun, O‘runov joriy mavsum chempionatda 12 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!