Otabek Narzullaev: "Qiyin g‘alaba bo‘ldi"

  • 02.11.2025 23:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 27-turida “Mash’al” “Qo‘qon-1912”ni 1:0 hisobida engdi. Uchrashuvdan so‘ng muborakliklar bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bu o‘yindagi g‘alaba bizga suv va havodek zarur edi. Ko‘p mag‘lubiyatlarimiz yuz berayotgandi. Shuni orqasidan keyin g‘alabaga erishdik. Baribir qachondir g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Jamoamiz bilan shu narsani kutayotgandik. Hammani tabriklayman. Qiyin g‘alaba bo‘ldi. Osonlikcha qo‘lga kiritmadik. Oxirida vaziyatlardan foydalana olmadik. Muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Juda qiyin va asabiy uchrashuv bo‘ldi.

- Jamoa safida jarohat tufayli uchta majburiy o‘zgarish bo‘ldi. Ularning holati qanday?

- Ularning holatini ko‘rib chiqishimiz kerak, hozir bilmayman. Javohir Abdualimovni holatini yaxshi emas deyishyapti. Bilmadim, bu nima bilan bog‘liq? Dmitriy Yashin oyog‘ida biroz og‘riq sezgani uchun almashtirdik. Anvar Murodovni to‘qnashuvdan keyin majburan o‘zgartirdik. Bu taktikamizni buzib yubordi. Natijada biz qiynaldik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!