"Ўzbek klassikosi" oldidan statistik raqamlar qanday?

  • 08.04.2026 14:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 6-tur oʻyinida muxlislar oʻzbekcha mumtoz toʻqnashuv guvohi boʻlishadi

Jamoalar chempionatlar tarixida 62 oʻyin oʻtkazishgan. Ustunlik "Paxtakor" tarafida - 30 gʻalaba, 10 durang va 22 magʻlubiyat. Raqib darvozasiga 103 toʻp kiritgan "Sherlar" 71 toʻp oʻtkazib yuborishgan. Fargʻonadagi bellashuvlarning 16 tasida "Neftchi" ustun kelgan boʻlsa, 8 bahsda "Paxtakor" gʻalaba qozongan. Yetti oʻyin durang bilan tugagan. "Paxtakor" 11 bor raqibni yirik hisobda dogʻda qoldirishga erishgan boʻlsa, "Neftchi"da bunday gʻalabalar soni uchtani tashkil qiladi

"Paxtakor"ning eng yirik gʻalabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Doʻrmonov oʻzaro uchrashuvlarda 12 toʻp kiritgan. Shuhrat Maqsudov va Temur Kapadze  har ikki jamoa tarkibida gol urgan oʻyinchilar sanaladi.

"Neftchi" va "Paxtakor" oʻrtasidagi toʻqnashuv 9 aprel, payshanba kuni Fargʻonadagi "Istiqlol" stadionida soat 19:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!