Asosiy mazmunga oʻtish
Xokkey

O‘zbek xokkey klubi VXLda o‘ynaydi

Shahzod
Izohlar: 0

KXL vitse-prezidenti Vitaliy Proxorov O‘zbekiston xokkey jamoasi VXLda ishtirok etishini, 2022 yilgi olimpiya o‘yinlaridan so‘ng esa KXLda o‘ynashini aytib o‘tdi.

"Hozircha O‘zbekistonda VXLda ishtirok etuvchi klubni tashkil etish tuzish rejadashtirilgan. U keyingi mavsumdayoq mazkur ligada ishtirok etishi mumkin. Klubga tajriba kerak bo‘ladi va 2022 yilgi Pekin olimpiadasidan keyinoq KXLga qo‘shilishi mumkin.

KXLning o‘z rivojlanish strategiyasi bor. Unga ko‘ra, Markaziy Osiyo divizionida "Kunlun", "Baris", Koreya, Yaponiya, Xitoy va o‘zimizning Uzoq Sharq jamoalari o‘ynashi mumkin", - deb Proxorovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Chempionat".

Ma’lumot uchun, VXL - Oliy xokkey ligasi bo‘lib, KXLdan keyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi liga sanaladi. Hozirda ushbu divizionda Rossiya, Qozog‘iston va Xitoyning 29 jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q