O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi
FIFA ayollar terma jamoalari reytingini yangiladi. Unga ko‘ra, Ispaniya 2094 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi pog‘onani 2057 ochko jamg‘argan AQSh egalladi. Kuchli uchlikni esa Germaniya (2011 ochko) yakunlab berdi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi reytingda yuqorilab, 49-o‘rindan joy oldi. Quyida Osiyo qit’asi vakillarining reytingdagi joylashuvi bilan tanishib chiqing.

Fikrlar