
O‘zbekiston MTJning bugungi mashg‘uloti bekor qilindi
Qatardagi Osiyo Kubogi davom etmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi chorak finalda Qatar bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun bugun terma jamoamiz o‘ziga ajratilgan maydonda shug‘ullanishi kerak edi.
Ammo ayrim sabablarga ko‘ra terma jamoamizning bugungi mashg‘uloti bekor qilingan. Sababi noma’lum.
O‘zbekistonning Qatarga qarshi o‘yini 3 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar