O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining rasmiy munosabati

  • 6 avgust, 2019, 17:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi va Xalqaro shaxmat federatsiyasi(FIDE) faoliyati bilan tanish bo‘lmagan ayrim shaxslar tomonidan tasdiqlanmagan va norasmiy ko‘rinishdagi noholis ma’lumotlar berilishi uchrab turibdi. Misol tariqasida 2019 yil 30 iyul kuni soat 16:40 da “Sport” telekanali orqali (takroran 31.07.2019 soat 8:45da) efirga uzatilgan “Iftixorimsan sport” nomli ko‘rsatuvida intervyu bergan Akrom Tashxodjaev Xalqaro shaxmat federatsiyasi rasmiy yig‘ilishlarining birida shaxmatning vatani O‘zbekiston deb e’tirof etilgani va bunga Hindiston rasmiy vakillari e’tiroz bildirganligi mazmunidagi yolg‘on va noholis ma’lumotlarni o‘z intervyusida bildirib o‘tkani yuzasidan O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining rasmiy munosabati:

Tecno

Birinchidan, Akrom Tashxodjaev O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasida jamoatchilik asosida faoliyat yuritgan paytlarida davlat mulkini noqonuniy o‘zlashtirish, rasmiy hujjatlarni sohtalashtirish orqali katta miqdordagi davlat byudjet mablag‘larni o‘zlashtirganlikda aniqlanib, xukukni muxofaza etuvchi organlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan. Tashxadjaevni jinoiy kirdikorlari yuzasidan tergov organi tomonidan yuborilgan tegishgli xujjat asosan O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi Konferentsiyasi muxokamasi bulib, Konferentsiya qarori bilan Akrom Tashxodjaev federatsiya matbuot kotibi faoliyatidan chetlashtirilgan .

Ikkinchidan, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining rasmiy vakili delegat sifatida, 3-5 oktyabr kunlari 2018 yili Gruziyaning Batumi shahrida bo‘lib o‘tgan 89 FIDE Kongresida qatnashgan. Ushbu kongres kun tartibida, A.Tashxodjaev o‘z intervyusida aytilgan “O‘zbekiston shaxmat vatani” masalasi umuman ko‘rib chiqilmagan. Bundan kelib chiqib, Akrom Tashxodjaev bildirgan ma’lumotlar faktlarga asoslanmagan, ammo bu fikrlar internet va turli ijtimoiy tarmoqlarda keskin baxs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu bahslar O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining Xalqaro maydondagi imidjiga ham ta’sir o‘tkazi mumkin. Bundan tashqari, u yoki bu soha yutuqlari hamda ixtirolari ma’lum bir davlatga tegishli ekanligining o‘ziga yarasha talablari mavjud bo‘lib, birgina shaxsning fikrlari va gipotezalari bunga asos bo‘lolmaydi. Shuningdek, asoslanmagan fikrlar tufayli xalqaro maydonda nizolar keltirib chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin.

Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va qonunosti hujjatlariga asosan, shaxsga yoki biror bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektga va uning faoliyatiga nisbatan OAVda, turli ijtimoiy tarmoqlarda asossiz fikrlarni bildirish, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish hamda obro‘sizlantirishga qaratilgan har qandar urinish, ma’muriy yoki jinoiy javobralikka sabab bo‘lishini yana bir bora eslatib o‘tmoqchimiz.

Manba: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuoti xizmati.

photo_2019-08-06_13-30-16

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!