O‘zbekiston Superligasi Olimpiadada e’tirof etildi

  • 27 iyul, 2024, 11:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya poytxati mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarining futbol musobaqalari qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Tecno

Musobaqaning guruh bahslarida 16 mamlakat terma jamoasi to‘rt guruhga bo‘lingan holda o‘zaro kurashmoqda. Har bir kvartetdan ikkitadan jamoa pley-offga chiqadi.

Nufuzli Transfermarkt portali Parij Olimpiadasiga eng ko‘p futbolchi yuborgan milliy ligalar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Frantsiya chempionati yuqori divizioni – Liga 1 bu borada peshqadam hisoblanadi. Bu chempionatning 26 vakili mezbonlar va boshqa mamlakatlar terma jamoalari sharafini himoya qilmoqda. Ular orasida “Lans” vakili Abduqodir Husanov ham bor.

Ikkinchi o‘rinda “S” guruhi vakili – ochilish o‘yinida O‘zbekiston bilan to‘qnash kelgan Ispaniya chempionati vakillari qayd etildi. La Ligadan jami 23 nafar futbolchi Parij Olimpiadasida ishtirok etyapti.

Kuchli uchlikni Olimpiadaga 21 nafar futbolchini safarbar qilgan Ukraina Premer-ligasi yakunlab berdi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi oltinchi qatorga joylashtirilgan. Superligamizning 15 vakili Olimpiada ishtirokchisiga aylangan.

Umumiy ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze bosh murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasida Superligamizdan tashqari Eron, Frantsiya, Italiya, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya chempionatlari vakillari ham bor.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!