Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi raqibi kim?

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

“Oq bo’rilar” Niderlandiyaga qarshi bahsda 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. “Oq bo‘rilar” Niderlandiyaga qarshi bahsda 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Endilikda Fabio Kannavaro shogirdlari uchun navbatdagi rasmiy o‘yin — mundial start uchrashuvi hisoblanadi. Jamoamiz birinchi turda Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu bellashuv 18-iyun kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatining “K” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Kolumbiyadan tashqari Portugaliya va Kongo DR terma jamoalariga qarshi ham o‘yin o‘tkazadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q