BEPUL PROPAN

SPORTS.uz portali avvalroq, mamlakatimizning eng qimmat top-10 darvozabonlari haqida ma’lumot bergan edi. Bugun esa Transfermarkt.de saytiga tayangan holda, aziz o‘quvchilarimiz uchun yurtimizning eng qimmat himoyachilariga to‘xtalib o‘tamiz.

So‘nggi marotaba 2018 yilning sentyabrida Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi safida maydonga tushgan Vitaliy Denisov hamon mamlakatimizning eng qimmat himoyachisi hisoblanadi. Transfer narxi 1,20 mln evroni tashkil etadigan chap qanot futbolchisi Rossiyaning FNL ligasida ham eng qimmat futbolchidir. Bu borada Denisov o‘zbekistonliklar orasida oltinchi o‘rinni band etib turipti.

1561523620_0_0_3008_1692_600x0_80_0_0_293223989f653408688d7627ce9d5aeb_1

Ro‘yxatimizda ikkinchi o‘rinni o‘ziga tegishli qilib olgan Islom To‘xtaxo‘jaevning narxi 1 mln evroga teng! Tajribali himoyachi "Shenyang Urban"ning eng qimmat a’zosi bo‘lib turipti. Bundan tashqari, mamlakatimizning eng qimmat futbolchilari orasida 9-bo‘lib, farg‘onalik himoyachining nomi tilga olinadi. Butun dunyoning eng qimmat markaziy himoyachilari orasida esa To‘xtaxo‘jaev 934-pog‘onadan joy olgan.

9731570729878_1

Himoyachilar ro‘yxatini chap qanot vakili bo‘lgan Vitaliy Denisov boshqarib turgan bo‘lsa, kuchli uchlikka yana ikkita chapaqay futbolchi kirgan. Ya’ni uchinchi o‘rindan Oleg Zoteev va Farruh Sayfiev joy olgan.

1361570729937

Har ikki futbolchining transfer narxi 900 ming evrodandir. Bu summa Zoteev va Sayfievga Superligada beshinchi, mamlakatimizda esa 13-pog‘onani taqdim etmoqda va sayyoramizning chap qanot himoyachilari orasida 476-o‘rinni egallab turishligiga sabab bo‘lmoqda.

5861582904097

Uchinchi o‘rinda ikkita futbolchi qayd etilganini hisobga olib, navbatni beshinchi pog‘onaga beramiz. 2019 yilning 28 iyuniga ko‘ra, narxi 600 ming evro bo‘lgan himoyachimizning transfer narxi oradan 6 oy o‘tib, 800 ming evrogacha ko‘tarilgan. Bu mamlakatimizning eng qimmat bo‘lgan futbolchilari orasida 16-o‘rinni egallab turishga sabab bo‘layapti. Dunyoning eng qimmat markaziy himoyachilari orasida esa Krimetsni 1256-o‘rindan topish mumkin.

4241582834859

2019 yilning dekabr oyida narxi 700 ming evrogacha ko‘tarilgan Xojiakbar Alijonov o‘zbekistonlik barcha futbolchilar orasida 22-o‘rinda qayd etilgan. U yosh bo‘lishiga qaramay, jahonning o‘ng qanot himoyachilari ro‘yxatida 647-bo‘lib turipti. E’tiborli tomoni, ro‘yxatimizning oltinchi pog‘onasidan joy olgan himoyachi er yuzidagi o‘z tengdoshlari orasida ham 647-o‘rinni egallagan.

6541583690725

Ettinchi pog‘onadan "Lokomotiv" himoyachisi Davronbek Xoshimov joy oldi. 1992 yili tavallud topgan o‘ng qanot himoyachisining Transfermarkt.de saytida narxi 650 ming evro deb keltirilgan. Bu sirdaryolik himoyachiga mamlakatimizning 29-raqamli futbolchisi degan nomni beradi. Xoshimovning transfer narxi jahonning o‘ng qanot himoyachilari orasida 721-o‘rinni egallab turishiga sabab bo‘lmoqda.

3281582904034

Top o‘ntalikni 8,9 va 10-o‘rinlarni egallab turgan 600 ming evrolik Sherzod A’zamov, Rustamjon Ashurmatov va Islomjon Qobilov yakunlab beradi.

1521583690762

Superligada 22 va barcha o‘zbekistonlik futbolchilar orasida 30-o‘rinni egallab turgan uchta himoyachimiz butun dunyoning barcha futbolchilari orasida 9969-pog‘onada qayd etilgan.

39fa43ae2edc79e362041000cd97e97ffb16a5df

Sherzod A’zamov sayyoramizning 1990 yilda tavallud topgan futbolchilari orasida 758, faoliyatini Janubiy Koreyada olib borayotgan Rustamjon Ashurmatov K Liga a’zolari orasida 69 va Qobilov er yuzidagi tengdoshlari orasida 708-o‘rinlarda qayd etilishgan.

4341579966693

Quyida eng qimmat bo‘lgan 10 ta himoyachining ro‘yxati qulay ko‘rinishda keltirilgan:

1. Vitaliy Denisov ("Rotor Volgograd", Rossiya) - 1,20 mln evro;

2. Islom To‘xtaxo‘jaev ("Shenyang Urban", Xitoy) - 1 mln evro;

3-4. Oleg Zoteev ("Lokomotiv") - 900 ming evro;

3-4. Farruh Sayfiev ("Paxtakor") - 900 ming evro;

5. Egor Krimets ("Paxtakor") - 800 ming evro;

6. Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor") - 700 ming evro;

7. Davron Xoshimov ("Lokomotiv") - 650 ming evro;

8-10. Sherzod A’zamov ("Paxtakor") - 600 ming evro;

8-10. Rustamjon Ashurmatov ("Gvangju", Janubiy Koreya) - 600 ming evro;

8-10. Islomjon Qobilov ("Bunyodkor") - 600 ming evro.

Ushbu ro‘yxatimizdan eng ko‘p "Paxtakor" vakillari joy olgan. "Sherlar"ning bir-yo‘la 4 ta himoyachisi kuchli o‘ntalikka kirgan bo‘lsa, "Lokomotiv"ning 2 ta va "Bunyodkor"ning bitta futbolchisini ro‘yxatda ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, 3 ta legionerimiz eng qimmat himoyachilar qatoriga kiritilgan.

Top-10 ro‘yxatiga kirmagan, ammo keyingi pog‘onalarni egallab turgan himoyachilarimizga ham qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, Akromjon Komilov ("Paxtakor", 550 ming evro), Umar Eshmurodov ("Nasaf", 550 ming evro), Murod Xolmuhammedov ("Qo‘qon-1912", 500 ming evro), Abbos Otaxonov ("Metallurg", 500 ming evro), Dilshod Ahmadaliev ("Bunyodkor", 500 ming evro) va yana bir qator futbolchilar nomini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
23/03/2020 20:25
Uta kulgili. Sherzot Azamov bilan. Islom Qobilov. Islom Tuhtahujaev. Bularni solishterib bulmaydiki. Islom Qobilovdan. Husniddin Aliqulov ham kuchli. Golib Umarlani aytmasa ham buladi
Elyor Baratov
24/03/2020 12:28
Bu reytingdan Vitaly Denisovdan boshqasi 1 tiyin! Unda ham tezlik, ham korpus va taktika bor! Bizda bunaqa futbolchilardan reyting tuzishni o'zi bir xato!
&
Дилмурод
23/03/2020 22:53
Тупни утказивориш буйича топ химоячилар буларга етадигани йук.
Bahrom Yunusov
23/03/2020 22:16
Golban qancha turadi
&
Бухарский
23/03/2020 23:38
800 ming Yevro