O‘zimizda ham “Lamin Yamal” bor!

  • 06.06.2025 06:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni paytda jahon futbolining eng yorqin iste’dodi sifatida “Barselona” etakchisi Lamin Yamal tilga olinayotgan haqiqat.

Biroq “Chelsi”ning braziliyalik sobiq futbolchisi Villian “aristokratlar”ning 18 yoshli futbolchisi Estevao Villian ham talant bobida ispaniyalik o‘yinchidan kam emasligini ta’kidlamoqda.

Mavsumni “Fulxem” tarkibida o‘tgangan 36 yoshli Villian o‘z hamyurti haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Estevao katta salohiyat egasi ekaniga hech qanday shubha yo‘q va u o‘zida kerakli bo‘lgan juda ko‘p sifatlarni mujassam etgan. Uning asosiy ustunligi shundaki, u hali juda yosh, biroq Lamin Yamal darajasida potentsialga ega. Ularning o‘yin uslubi ham bir-biriga o‘xshaydi.

Bu futbolchi Angliyada “Chelsi” safida o‘ynab, juda katta muvaffaqiyatlarga erishishiga umid qilaman. U ko‘p gol urish orqali, uzoq yillar davomida klubga nufuzli sovrinlarni yutishga yordam beradi, - dedi Villian.

Estevao Villian “Palmeyras” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va garchi “Chelsi” bilan shartnoma tuzgan bo‘lsa-da, Braziliya klubida o‘ynab turibdi. Tez orada AQShda boshlagandigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham 18 yoshli futbolchi “Palmeyras” sharafini himoya qiladi. Va shundan so‘ng, “Chelsi”ga ko‘chib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!