Pablo Karreno-Busta g‘alaba qozondi
Zohir2018
Musobaqa davom etmoqda
Ispaniyalik tennischi Pablo Karreno-Busta "Masters" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning ikkinchi davrasiga chiqdi.
Shanxay shahri mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqada Pablo xitoylik Tsze Chjanni 6:3, 2:6, 6:4 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa "Rolex Shanghai Masters" turnirining navbatdagi bosqichida Karreno-Busta avstriyalik Dominik Tim bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Izohlar (0)