Pakyao navbatdagi jangini Malayziyada o‘tkazadi
Sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao shu yilning may yoki iyun oyida ringga qaytishni rejalashtirmoqda. Avvalroq sportchi 14 aprel kuni Jeff Xorn va Terens Krouford o‘rtasidagi bellashuvning andekard jangida ishtirok etishdan bosh tortgan.
Uning keyingi jangi Malayziyada tashkil etiladi. Jang sanasi va raqib nomi hozircha noma’lum. Biroq raqib yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Lukas Matisse va ikki vazn toifasining sobiq chempioni Denni Garsiya bo‘lishi mumkin.

Fikrlar