Pandev Shomurodov yo‘qligini bildirmaydi

  • 1 avgust, 2021, 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Jenoa” hujumchisi Goran Pandev jamoasi bilan yangi shartnoma tuzdi.

Makedoniyalik tajribal futbolchi  Genuya shahri jamoasi sharafini yana bir davomida himoya qilishga tayyor.

Goran Pandev jamoa asosiy tarkibi uchun kurashda Eldor Shomurodovga yutqazib qo‘yayotgan edi. O‘tgan mavsumda u A Seriyada 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qilgan va uch bor golli pas oshirgan.

Eldor Shomurodov “Roma”ga o‘tayotgani bois, “Jenoa” murabbiylar shtabida mahoratli hujumchiga ehtiyoj tug‘ilmoqda.

Goran Pandev Shimoliy Makedoniya terma jamoasi bilan ilk bor Evropa chempionati final bosqichida qatnashganidan keyin xalqaro faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!