Parijdagi turnir bekor qilindi !
16 noyabr kuni Parijda o‘tkaziladigan Bellator turniri bekor qilindi, ammo bunga nima sababligi aytilmadi. Bu haqda Bellator ni yaqinda sotib olgan PFL ning matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Parijdagi turnir bekor qilindi. Janglar keyinroqqa ko‘chirildi va musobaqa uchun sotilgan chiptalar qaytarib olindi", - dedi PFL rasmiylari.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi Bellator turniri sentyabr oyida Londonda bo‘lib o‘tgandi.

Fikrlar