Pas "Real"ga qattiq shart qo'ydi
Madridliklar ko'narmikin
«Komo» klubi hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas yana madridlik «Real» safida to‘p surish istagini bildirgan.
Argentinalik futbolchi o‘tgan yozda tarbiyalangan jamoasiga qaytish taklifini rad etgan edi. Sababi – u «Real» asosiy tarkibida doimiy o‘rin olish imkoniyati juda kam deb hisoblagan. The Touchline nashri El Debate manbasiga tayanib xabar berishicha, 22 yoshli Pas kelasi yili «Real»ga qaytishga qarshi emas, biroq faqat bitta shart bilan – unga muntazam o‘yin amaliyoti kafolatlansa, xolos.
Joriy mavsumda Nikolas Pas «Komo» tarkibida 14 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 80 million yevro atrofida baholamoqda. Xabarga ko‘ra, aynan shu miqdor evaziga «Real» kelasi yozda amaldagi kelishuv shartlariga muvofiq uni qayta sotib olish huquqiga ega.
Izohlar (0)