"Paxtakor" - "Olimpik" uchrashuvi prevyusi

  • 24.09.2024 18:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Superliganing 20-turida muxlislarni Toshkent derbisi kutmoqda. Shu kuni amaldagi chempion - "Paxtakor"  poytaxtning boshqa jamoasi - "Olimpik"ga qarshi bahs olib boradi.

"Sherlar" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionatlari tarixida hozircha jamoalar besh bor to‘qnash kelgan. Shularning ikkitasida "Paxtakor", bittasida "Olimpik" zafar quchgan, yana ikki uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan. "Paxtakor" ushbu bellashuvlarda 8 gol urib, o‘z darvozasidan 6 to‘p o‘tkazib yuborgan.

"Paxtakor" va "Olimpik" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 25 sentyabr, chorshanba kuni soat 17:30da "Jar" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!