"Paxtakor" ilk nazorat bahsida durang o‘ynadi

  • 22.01.2026 16:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

"Paxtakor" jamoasi Turkiyadagi ilk nazorat oʻyinini "Struga" jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Bellashuvda tomonlar murosa koʻchasini tanladi. 

20-daqiqada "sherlar" standartdan gol oʻtkazdi. 90-daqiqada esa raqib posboni oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi. 

"Paxtakor" asosiy tarkibi: Sanjar Quvvatov, Dilshod Saitov, Shahzod Azmiddinov, Dilshod Abdullaev, Hojiakbar Alijonov, Quvonshbek Saydaliev, Abubakir Shukurullaev, Jamshid Rustamov, Bashar Resan, Dostonbek Hamdamov, Davron Toʻlaganov.

Zaxiradagilar: Maksim Murkaev, Zaid Tahsin, Muhammadali Dilshodbekov, Sherzod Nasrullaev, Bobur Muhammad Karimov, Sardor Mirqobilov, Sardor Sobirxoʻjaev, Behruz Ōktamov, Hojimat Erkinov, Yaxyo Ōrinboev, Azizbek Turgʻunboev.

Bosh murabbiy Kamoliddin Tojiev yigʻinda ishtirok etayotgan tajribali va yosh futbolchilarni aralashtirgan holda oʻn bittalik tarkib bilan maydonga chiqardi. Shuning uchun asosiy tarkibda bugun Saydaliev, Shukurullaev, Rustamov, Toʻlaganov norasmiy debyutini oʻtkazdi. 

Ikkinchi boʻlimda esa Tahsin, Nasrullaev, Sobirxoʻjaev, Erkinov va Turgʻunboev maydonga tushirildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
22/01/2026 16:39
Яхшиям автогол булибди,булмаса маглубият экан.