Penchak silatchilarimizning navbatdagi g‘alabalari
Malayziyaning Kuantan shahrida “Nusantara Silat” xalqaro vafestivali doirasidan o‘rin olgan penchak silat musobaqasida vakillarimiz munosib qatnashdi.
Mezbonlardan tashqari Indoneziya, Tsingapur, Niderlandiya, Qirg‘iziston kabi davlatlardan sportchilar tashrif buyurgan turnirda mamlakatimiz sharafini 7 nafar sportchimiz himoya qildi.
Musobaqada Husanjon Azizjonov, Hasanjon Azizjonov, Umar Najimov, Ismoil Sobitov, Abdulquddus Azizjonov va Nuriddin Hamidullaev oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Abdulaziz Azizjonov kumush medal bilan taqdirlandi.
Mazkur turnirda 6 oltin va 1 kumushni qo‘lga kiritgan vakillarimiz umumiy jamoa hisobida 3-o‘rinni egallashdi.
Fikrlar