Pep, qolasanmi yo ketasanmi?

  • 07.04.2026 06:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” rahbariyati rasmn bosh murabbiyi Xosep Gvardioladan u 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan shartnomasini oxirigacha bajarishni rejalashtirayaptimi yoki yoqligini so'radi.

Bir necha oydan beri Gvardiola joriy mavsum oxirida “Siti”ni tark etishi haqida turli axborotlar tarqalmoqda.

Mavhumlik nafaqat muxlislarni, balki “Siti” rahbariyatini ham bezovta qilyapti. Jumladan “shaharliklar” sport direktori Ugu Viana ham bu borada aniq ma'lumotga ega emas.

“Manchester Siti” har qanday stsenariyga tayyor, ammo klub Gvardiolaning o'z kelajagi haqida imkon qadar tezroq aniqlik kiritishini afzal ko'radi. Klub rasmn Xosepdan buni hal qilishni so'radi va javobni, hatto shaxsiy tartibda bo'lsa ham, tezroq olishga umid qilmoqda.

Talksport nashrining yozishicha, agar Gvardiola ketsa, “Siti”ga nafaqat yangi murabbiy qidirishga to'g'ri keladi, balki bu holat klubning transfer rejalari ham ta'sir qiladi. Chunki Xosep bilan ishlash imkoniyati “Nottingem Forest”dan taklif etilayotgan  Elliot Anderson kabi  futbolchilar uchun muhim omil hisoblanadi.

Qarib o'n yildan beri jamoani boshqarayotgan Xosep Gvardiola jami 19 ta sovrinni qo'lga kiritdi. U “Etihad”dagi faoliyatini yuqori notada, ya'ni sovrin bilan yakunlashni muhim hisoblaydi. Hozircha, bunaqa yutuqning bittasi tayyor. Jamoa Liga kubogini o'zinik qildi.

So'nggi ma'lumotlarda aytilishicha, Gvardiola o'rniga asosiy nomzodlardan biri sifatida yanvar oyida “Chelsi”ni tark etgan Enzo Mareska ko'rilmoqda, u ilgari faoliyati davomida “Siti”da Xosepning yordamchisi sifatida bir mavsum ishlagan.

Qolaversa, “Chelsi”da ishlagan vaqtida Mareska shartnomaga muvofiq ravishda klubni o'ziga “Siti” va “Yuventus”dan qiziqish bo'layotgani haqida xabardor qilgan edi.

Shuningdek, Gvardiolaning ehtimoliy o'rinbosari sifatida endigina “Tottenxem”ni boshqarishni boshlagan Roberto De Dzerbi, “Bavariya”da muvaffaqiyatli ishlayotgan Vensan Kompani va “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso nomlari ham tilga olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!