Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Peres: Sen "Real"da o‘ynashga tug‘ilgansan!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Superfutbolchini shu g‘oyaga ishontirishmoqchi

«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres yaqin yillarda Maykl Olise jamoaga qo‘shilishi kerak, degan fikrda qat’iy turibdi.

Evropa matbuotidagi ko‘plab xabarlarga ko‘ra, fransuz yarimhimoyachisi shu yozdayoq «Bavariya»ni tark etib, «Qirollik klubi» safiga o‘tishga tayyor. 

Insayder Fabrizio Romano ma’lumot berishicha, Peres ushbu transfer g‘oyasiga juda qattiq berilib qolgan va 24 yoshli futbolchini «Real» uslubiga mutlaqo mos o‘yinchi, deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, Florentino atrofidagilarni Olise «Real» uchun tug‘ilgan futbolchi ekaniga ishontirishga urinib kelmoqda.

Shu bilan birga, «Bavariya» klubi hozircha o‘z yulduzini sotish niyatida emas. Mutaxassislar fikricha, madridliklarga bu transferni amalga oshirish uchun rekord darajada mablag‘ sarf etishga to‘g‘ri keladi. Transfermarkt portali Oliseni 150 million yevroga baholagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q