
Petra Kvitova final ostonasida qoqildi
Chexiyalik tennischi Petra Kvitova hamda amerikalik Elison Riske Uxan shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim finalida o‘zaro to‘qnash keldi.
Final yo‘llanmasi uchun o‘tgan ushbu o‘yinda Petra raqibiga 2 soat 5 daqiqa qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, biroq har ikkala setda bir xil 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa "Wuhan Open"ning bosh sovrini uchun o‘tadigan uchrashuvda Riske belaruslik Arina Sobolenko bilan kuch sinashadi.
Fikrlar