Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Pochettino «Komo» yulduzini sotib olishini istamoqda

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Manchester Yunayted» Pocettino so‘roviga binoan «Komo» yarim himoyachisi Niko Pasni taxminan 80 million yevro evaziga olishni rejalashtirmoqda.

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klub rahbariyatidan yaqin vaqt ichida «Komo» jamoasida to‘p surib kelayotgan yosh argentinalik yarim himoyachi Niko Pasni jamoaga olib kelishni so‘ragan.

Mutaxassis 22 yoshli futbolchi jamoaga tezroq qayta qurilish jarayonidan o‘tish va inqirozdan chiqishda yordam beradi, deb hisoblamoqda. «Yunayted» rahbarlari Argentina terma jamoasi yarim himoyachisini qo‘lga kiritish uchun kurashga qo‘shilishga tayyor.

 Mutaxassislar hozircha Niko Pasning ehtimoliy transfer qiymatini taxminan 80 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Niko Pas Italiya chempionatida «Komo» tarkibida o‘nta o‘yin o‘tkazdi. U shu vaqt ichida uchta gol urdi va yana uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q