Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Pochettino murabbiylar shtabiga ayolni jalb qiladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kim bilan ishlashni yaxshi biladi

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pocettino oʻz shtabiga ayol mutaxassisni jalb etib, misli koʻrilmagan qadam tashlamoqchi.

Oʻtgan juma kuni «Yunayted» Pocettino tayinlanganini tasdiqladi. U bilan birga AQSh terma jamoasidan «Manchester Yunayted» klubiga yordamchi murabbiylar Xesus Peres, Migel D'Agostino, darvozabonlar murabbiyi Toni Ximenes, shuningdek, Maurisioning oʻgʻli, sport ilmi boʻyicha mutaxassis Sebastiano Pocettino ham kelishi kutilmoqda.

Ularning barchasi Pocettino bilan koʻp yillar davomida birga ishlagan. Biroq  The Guardian nashrining taʼkidlashicha, Pocettino shtabi tarkibiga hozirda Maurisioga AQSh terma jamoasida yordam berayotgan ispaniyalik Silviya Tuya Vinyas ham kiritiladi.

46 yoshli Silviya Tuya Vinyas sport ilmi boʻyicha mutaxassis boʻlib, futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi uchun masʼul hisoblanadi.

Silviya Tuya Vinyas sport fanlari sohasida doktorlik ilmiy darajasiga ega. U Kataloniya Milliy jismoniy tarbiya instituti va Barselona universitetida maʼruzalar oʻqigan. Shu bilan birga, ilmiy faoliyatini yuqori darajadagi sport sohasidagi ishi bilan birlashtirib kelgan.

Shu tariqa, Silviya Tuya Vinyas «Yunayted»ning asosiy jamoasi bilan ishlashga jalb etilgan texnik xodimlar orasidagi tarixdagi birinchi ayol boʻlishi mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q