Pochettino: Nolga o‘ynash muhim

  • 5 may, 2024, 22:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Maurisio Pochettino "Chelsi"ning "Vest Xem" ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida fikr bildirdi. 

Uchrashuv haqida 

"Men futbolchilarning har biridan mamnunman. "Tottenxem" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng yarna bir marotaba 3 ochko qo‘lga kiritdik. Bu juda yaxshi. 

Ajoyib o‘yin. Bizda ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratadigan va gollar uradigan iqtidorli futbolchilar bor. Shunchaki g‘alaba qozonish emas, balki nolga o‘ynash juda muhim",
- dedi London klubi ustozi. 

Qayd etish lozim, "Chelsi" bir necha kun avval qoldirilgan uchrashuv doirasida "Tottenxem"ni ham 2:0 hisobida taslim etgandi. Biroz avval yakuniga etgan bahsda ular "bolg‘achilar" darvozasiga javobsiz 5 ta gol kiritdi. 



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!