Pochettino "Yunayted"dagi ilk transferini amalga oshirdi
"Manchester Yunayted" navbatdagi yosh iste'dodni qo‘lga kiritdi
«Reding» klubida to‘p surib kelayotgan 16 yoshli hujumchi Tayler Adjei «Manchester Yunayted» safiga o‘tadi. Bu haqida futbol bozoridagi ishonchli manbalardan biri Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi barcha kelishuvlar yakuniga yetgan, futbolchining o‘zi ham «Manchester Yunayted» taklifini qabul qilgan. Endi yosh forvardning transferi yaqin kunlarda rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, «Manchester Yunayted»da murabbiylik lavozimida ham o‘zgarish ro‘y berdi. Jamoani bir muddat boshqarib kelgan Maykl Kerrik klubni tark etdi.
Endilikda manchesterliklarni tajribali mutaxassis Maurisio Pochettino boshqaradi. Undan klub rahbariyati ham, muxlislar ham jamoani yangi bosqichga olib chiqishni kutayotgani aytilmoqda.
Izohlar (0)