
Pogba: Allegri APLda ish topadi
Frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba "Yuventus"dagi sobiq ustozi Massimiliano Allegri haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, italiyalik murabbiy o‘tgan mavsum oxirida keksa sinora” rahbariyati tomonidan ishdan bo‘shatilgan edi. Uning Turin super klubidagi o‘rnini esa Tyago Motta egalladi.
“Menimcha, Allegri istalgan joyda muvaffaqiyat qozona oladi, lekin men uning agenti emasman. U Angliya Premer-ligasida ish topadi", - dedi o‘tgan yilning sentyabr oyidan beri diskvalifikatsiya tufayli maydonga tushmay kelayotgan 31 yoshli frantsiyalik futbolchi Football Italia nashriga bergan intervyusida.
Mish-mishlarga ko‘ra, Massimiliano Allegri "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi mumkin. Ushbu mutaxassisga shuningdek, "Milan" ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar