
Polvon qizning o‘ligi chiqdi
Ayollar kurashi bo‘yicha Peru chempioni Jannet Malki Peche mamlakat poytaxti Lima yaqinidagi Kalyao shahridagi mehmonxonada o‘lik holda topildi.
31 yoshli kurashchi qizning o‘limi sabablari aytilmayapti. Huquq-tartibot organlari xodimlari Jannet mehmonxonaga erkak kishi hamrohligida kelganini aniqladi. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida marg‘umaning yuzida zarba izlari borligi ma’lum bo‘ldi.
Jannetning ikki farzandi etim qoldi. Uning opasi Taliya Malki ham kurash bilan shug‘ullanadi va 2019 yilgi Panamerika o‘yinlarida ikki marta sovrindor bo‘lgan.
Fikrlar