Portugaliya murabbiyi chaqiruvdan so‘ng Ronalduni ogohlantirdi
Ronalduga shart qo‘yishdi
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoa yetakchisi Krishtianu Ronalduni haqida fikr bildirdi. 41 yoshli hujumchi navbatdagi yig‘in uchun milliy termaga yana taklif etildi.
Jezush ta’kidlashicha, Ronaldo terma jamoadagi o‘rnini faqat o‘tmişdagi yutuqlari hisobiga emas, hozirgi o‘yini orqali isbotlashi kerak bo‘ladi.
«Ronaldu? Biz uchun uning bugungi o‘yini muhim, o‘tmiş ahamiyatli emas. Agar u yaxshi o‘ynasa, maydonga tushadi. Agar o‘yini talab darajasida bo‘lmasa, u maydonda bo‘lmaydi», – deya Jorje Jezushning so‘zlarini The Touchline keltiradi.
Portugaliya terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi payshanba, 24 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Jorje Jezush shogirdlari shu kuni Liga millatlari doirasida o‘z maydonida Uels termasiga qarshi bahs olib boradi.
Izohlar (0)