Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Portugalia terma jamoasi Ronalduning tarixiy yutug‘ini olqishladi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Krishtianu Ronaldу muxlislar ovoziga ko‘ra futbol tarixidagi eng uluğ «Oltin to‘p» sohibiga aylandi.

Portugaliya terma jamoasi ijtimoiy tarmoqlarda Krishtianu Ronalduni futbol tarixidagi eng buyuk «Oltin toʻp» sohibi deb eʼtirof etilishi bilan tabrikladi.

«2008 yildan abadiyatgacha. Portugaliyalik futbolchi tarixdagi eng buyuk «Oltin toʻp» sohibi boʻldi. Sardor, tabriklaymiz!» — deyiladi milliy jamoaning rasmiy sahifalaridagi xabarda.

Avvalroq futbol tarixidagi eng yaxshi «Oltin toʻp» sohibi nomini aniqlash uchun ovoz berish jarayoni tashkil etilgan edi. Unda Ronalduning 2008 yildagi gʻalabasi eng yaxshi deb topildi.

Maʼlumot oʻrnida, Krishtianu Ronaldo faoliyati davomida besh marta «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritgan. Bu borada u sakkizta sovringa ega argentinalik Lionel Messidan ortda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q