Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Portugaliyada Ronalduning terma jamoada qolishi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Portugaliyada o‘tkazilgan so‘rovda ishtirokchilarning 37 foizi Krishtianu Ronalduni endilikda terma jamoaga chaqirmaslik tarafdori bo‘ldi.

Pitagorica kompaniyasi Portugaliya aholisi oʻrtasida Krishtianu Ronalduni mamlakat terma jamoasiga chaqirishni davom ettirish kerakmi, degan savol boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazdi. CNN Portugal maʼlumotlariga koʻra, soʻrovda ishtirok etgan 400 nafar respondentning fikri turlicha boʻlgan.

Ularning 37 foizi Ronalduni endi terma jamoaga chaqirmaslik kerak, deb hisoblagan. 35 foiz ishtirokchi esa futbolchining terma jamoadagi faoliyatini davom ettirish tarafdori. Yana 25 foiz respondent qaror Ronalduning jismoniy holati va bosh murabbiy tanloviga bogʻliq boʻlishi kerak, degan fikrni bildirgan.

Ronalduning terma jamoadagi faoliyatini davom ettirish tarafdorlari eng koʻp «Sporting» muxlislari orasida qayd etilgan. Boshqa mahalliy klublar muxlislari orasida esa bu koʻrsatkich pastroq.

Shu bilan birga, soʻrovda qatnashganlarning aksariyati Ronaldo doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak, deb hisoblamaydi. Atigi 10 foiz respondent uni muntazam ravishda asosiy tarkibda koʻrishni istagan. 51 foiz ishtirokchi esa uning maydonga tushishi raqib, futbolchining holati va murabbiy qaroridan kelib chiqib belgilanishi kerak, deb hisoblaydi.

Respondentlarning 84 foizi Jorje Jezushning terma jamoadagi faoliyatini davom ettirishi tarafdori boʻlgan. Faqat 7 foiz ishtirokchi mutaxassisning isteʼfosini qoʻllab-quvvatlagan.

Shuningdek, Ronaldo va Jezush oʻrtasida tanlov qilish taklif etilganda, 66 foiz respondent murabbiyni saqlab qolish tarafdori boʻlgan. Ronaldo qolishi uchun Jezushning ketishini maʼqullaganlar ulushi esa 19 foizni tashkil etga

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q