Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Portugaliyalik agent: Ronalduni muammo, u merosini o‘zi buzmoqda

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Paulu Barboza Krishtianu Ronalduni endi Portugaliya terma jamoasi uchun muammoga aylanganini, jamoadan ko‘ra shaxsiy rekordlarini ustun qo‘yayotganini aytdi.

Portugaliyalik mashhur futbol agenti Paulu Barboza milliy jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning hozirgi holati haqida keskin fikr bildirdi.
 

Uning ta'kidlashicha, Ronaldu bugungi kunda Portugaliya terma jamoasi uchun muammoga aylangan.
 

«Krishtianu Ronaldu — bu muammo. Afsuski, u endilikda avvalgi Ronaldu emas. U terma jamoa manfaatlaridan ko‘ra o‘z shaxsiy rekordlarini ustun qo‘yadi.
 

Har qanday buyuk futbolchi uchun karerani yakunlash juda og‘ir. Ronaldu hali ham o‘zini yuqori darajada deb hisoblaydi. Ammo bu realikka to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, Messi hanuz yuqori saviyada o‘ynayapti, lekin buning sababi — u jamoa uchun harakat qiladi. Ronaldu esa bunday qilmayapti», — deya ta'kidladi Barboza.
 

Agentning fikricha, Ronaldu o‘z merosiga ham o‘zi putur yetkazmoqda.
 

«U yangi avlod maydonga chiqishi, ularga yo‘l berish kerakligini anglamayapti. Endi boshqa futbolchilar o‘ynashi, terma jamoada aniq tizim ishlashi lozim. Katta ego — bu katta muammo. Bunday futbolchilar uchun katta sahnadan ketish doim qiyin bo‘ladi», — dedi Barboza «Chempionat» nashri muxbiri Vladimir Chetverik bilan suhbatda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q