Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Poytaxtning eng kuchli karatechilari saralandi

Zohir2018
Izohlar: 0

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus belgilab berilgan edi.

Ushbu tashabbus doirasida Toshkent shahar Uchtepa tumani 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida "Yoshlar haqtaligi" munosabati bilan "Jonajon O‘zbekistonim mangu bo‘l omon!" shiori 7-17 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida karate (WKF) bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, mamlakatimiz karate milliy federatsisyasi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan mazkur sport turnirida 100ga yaqin sportchilar ishtirok etdi.
– Musobaqadan ko‘zlangan maqsad, yoshlarni yozgi ta’til vaqtida bo‘sh vaqtlarini sport bilan band etgan holda ularning salomatligini yanada yaxshilash va mazkur sport turini ular o‘tasida yanada rivojlantirishdir, – dedi  Toshkent shahar Uchtepa tumani 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Dilshod Mahmudov – Davlatimiz rahbari ilgari surgan "Beshta tashabbus" doirasida o‘tkazilgan maktabimiz birinchiligida bir qator yosh iste’dodlarni saralashga muyassar bo‘ldik.
Toshkent shahar Uchtepa tumani 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi birinchiligida Shag‘zoda Bo‘ronova, Jasmina Abdusamatova, Sherxon Rasulov, Asilbek Sagatov, Abdumannob Abdusalomov, Denis Choy, Abdullo Juraev, Alisher Ergashev va Xoji Akbar Mamasoliev o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal va diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi
photo_2019-08-05_18-22-18
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q