Prevyu. "Andijon" - "Dinamo"
"Bobur arena"da yana futbol bayrami
Andijondagi har bir o‘yin o‘ziga xos futbol bayramiga aylanib ketishini barcha yaxshi biladi. Jumladan, ertaga bo‘lib o‘tadigan Superliganing 6-tur doirasidagi “Andijon” – “Dinamo” uchrashuvi fonida ham shubhasiz “Bobur arena” bayram qiyofasiga kiradi.
Ayni paytda “Andijon” va “Dinamo” klublari 5 ta turdan so‘ng bir xil – 9 ochko jamg‘arib musobaqa jadvalida 5 hamda 6-o‘rinlarni bo‘lishib turishibdi.
Mazkur jamoalarning ertangi o‘yini O‘zbekiston chempionatidagi 45-to‘qnashuvga aylanadi. Shundan 16 tasida “Andijon”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 18 ta uchrashuvda “Dinamo” ustunlikka erishgan. 10 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 58x65 “Dinamo” foydasiga.
O‘tgan yili Samarqanddagi bahsda 1:1 natijasi qayd etilgan. Andijondagi “Bobur arena”da esa “Burgutlar” 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Dinamo” uchrashuvi 20 aprel kuni “Bobur arena”da soat 17:45 da boshlanadi.

Izohlar (0)