Prevyu. "Andijon" - "Mash’al"

  • 5 aprel, 21:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasining navbatagi raqibi – Muborakning “Mash’al” klubidir.

Tecno

Pro ligadan Superligaga qaytgan ushbu jamoa bilan “Burgutlar”ning o‘zaro o‘yinlar tarixi 1995 yildan boshlangan. Shundan buyon jamoalar O‘zbekiston chempionatida 34 marotaba to‘qnash kelishgan. “Andijon”da 11, “Mash’al” hisobida 18 g‘alaba bor. 5 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati 38\50 muborakliklar foydasiga.

Superligada so‘nggi bor bu jamoalar 2021 yilgi mavsumda bellashishgan. Andijonda 1:1, Muborakda esa 0:1 hisobida mehmonlar g‘alaba qozongan. Oxirgi marta jamoalar 2022 yilda pro ligada uchrashishgan. Unda ham ustunlik "Andijon" tarafida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Mash’al” qarama-qarshiligi 6 aprel kuni “Bobur arena”da soat 17:45 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!