
Prevyu. "Andijon" - "Neftchi"
9 may sanasida Superliganing 9-turidagi markaziy o‘yin Andijondagi “Bobur arena” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda vodiy derbisi nomi ostida “Andijon” hamda “Neftchi” jamoalari bahs olib boradilar.
Bu ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuv hamma vaqt keskin kurashlar ostida o‘tgan. Shu kunga qadar klublar O‘zbekiston chempionatida 51 marotaba to‘qnashishgan. “Andijon” hisobida 10, “Neftchi”da 33 g‘alaba bor. Yana 8 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati 45\97 “Neftchi” foydasiga.
O‘tgan yili Farg‘onadagi bahsda 2:2, Andijonda esa 0:0 hisobi qayd etilgan. “Andijon” o‘z maydonida “Neftchi”ni so‘nggi bor 2016 yilda mag‘lub o‘tgan va o‘shanda o‘yin 2:1 natija bilan yakun topgan.
“Andijon” – “Neftchi” uchrashuvi 9 may kuni, “Bobur arena”da soat 18:00 da boshlanadi.
Fikrlar