
Prevyu. "Andijon" - "Paxtakor"
“Andijon” jamoasi 8 oktyabr kuni o‘z maydonida “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvga jiddiy tayyorlanmoqda. Tabiiyki, barchaning e’tibori ham mazkur to‘qnashuvga qaratilgan.
Yodingizda bo‘lsa, birinchi davrada Toshkentda bo‘lib o‘tgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan. Hojiakbar Alijonovning 53-daqiqada kiritgan goliga jamoamizdan Rubin Xebay 78-daqiqada o‘zining ajoyib zarbasi bilan javob qaytargandi.
Hisob bo‘yicha jamoalarning navbatdagi to‘qnashuvi 54-o‘yinga aylanadi. Statistik raqamlar shuni ko‘rsatyaptiki, “Andijon” amaldagi chempionni 5 marta mag‘lubiyatga uchratgan. “Paxtakor” esa 39 ta bellashuvda g‘olib chiqqan. Shuningdek, 9 ta uchrashuvda durang natijasi kuzatilgan. To‘plar nisbati 36\126 “Paxtakor” foydasiga.
“Paxtakor” klubi Andijondagi “Bobur Arena”da so‘nggi bor 2021 yilning 19 sentyabr sanasida o‘ynadi. O‘sha bahsda Farhod Sohibjonovning yagona goli evaziga “Andijon” qimmatli g‘alabani qo‘lga kiritgan. Ya’ni, “Andijon” – “Paxtakor” klublari ishtirokidagi oxirgi ikkita uchrashuvda "Burgutlar" bir g‘alaba va bir durang qayd etdi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar