Prevyu. "Andijon" - "Qizilqum"

  • 19 iyun, 14:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 13-turiga start beriladi. “Andijon” o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi.

Tecno

Jamoalarning O‘zbekiston chempionatidagi ilk o‘yini 2000 yildan boshlangan va shu kunga qadar klublar 40 marotaba to‘qnash kelishgan. “Andijon”da 14, “Qizilqum”da 18 g‘alaba bor. 8 ta bahsda durang kuzatilgan. To‘plar nisbati 52\62 “Qizilqum” foydasiga.

Klublar so‘nggi bor o‘tgan yilning 10 noyabr kuni “Bobur arena”da bellashishgan va unda hisob ochilmagan – 0:0. Birinchi davradagi bahs esa jangovar tarzda o‘tib, unda 3:3 natijasi qayd etilgan. “Andijon” raqibini Superliga doirasida oxirgi marta 2023 yilning 22 may kuni mag‘lub etgan – 2:0. 

Bugun, soat 20:00 da bo‘lib o‘tadigan “Andijon” – “Qizilqum” uchrashuvi "Sport" TV orqali jonli ravishda efirga uzatiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!