
Prevyu. "Andijon" - "Qo‘qon-1912"
Bugun “Bobur arena”da “Andijon” vodiy derbisi doirasida “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qiladi.
Ikkala jamoaning birinchi davrada Qo‘qondagi uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan.
Ishtirokchilar chempionat mobaynida 29 marotaba bellashishgan bo‘lib, “Andijon”da 9, “Qo‘qon-1912” hisobida 11 ta g‘alaba bor. Yana 9 ta o‘yindan kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 46\42 “Andijon” foydasiga.
Eslatib o‘tamiz, "Andijon" – “Qo‘qon-1912” o‘rtasidagi o‘yin 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar