Prevyu. "Andijon" - "Sho‘rtan"
Bugun Superliganing 25-turida “Andijon” G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasini qabul qiladi.
Milliy chempionat tarixida ushbu jamoalar shu kunga qadar 19 maroatba kuch sinashishdi. “Andijon”da 7 ta, “Sho‘rtan”da 8 ta g‘alaba bor. Yana 4 ta bellashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 20\24 g‘uzorliklar foydasiga.
Birinchi davrada G‘uzorda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Sho‘rtan” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.
"Andijon" - "Sho‘rtan" uchrashuvi bugun "Bobur arena"da, soat 18:30 da boshlanadi.



Fikrlar