Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Prevyu. "Mash’al" - "Paxtakor"

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Bugun G‘uzorda qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Superliga 16-turida "Paxtakor" G‘uzorda "Mash’al" mehmoni bo‘lishadi.

Mehmonlar safida Bashar Resan sariq kartochkalar bilan bog‘liq diskvalifikatsiya sababli bahsni o‘tkazib yuboradi.

Chempionatlarda jamoalar o‘zaro 39 uchrashuvda to‘qnash kelgan. Ularning 28 tasida "Paxtakor", 5 tasida "Mash’al" zafar quchgan. 6 bahsda kuchlar teng kelgan. "Paxtakor" 81 to‘p kiritgan bo‘lsa, raqib 25 gol urishga erishgan.

Muborakdagi 19 bellashuvda "Sherlar" 10 g‘alaba, 5 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Safarda 26 to‘p kiritgan "Paxtakor" o‘z darvozasidan 16 gol olib chiqqan.

"Mash’al" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasida o‘yin 1 avgust, juma kuni G‘uzordagi "Markaziy" stadionda soat 20:00 da boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q