Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Prevyu. "Mash’al" - "Sho‘rtan"

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Bugun voha derbisi bo‘lib o‘tadi.

Superliganing  21-turida "Mash’al"  voha derbisi doirasida G‘uzorning "Sho‘rtan" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.   

Voha derbisi oldidan klub matbuot xizmati jamoalarning o‘zaro o‘yinlar statistikasini taqdim etdi.

“Mash’al” va “Sho‘rtan” shu kungacha superliga bahslarida 23 marta to‘qnash kelgan. G‘alabalar bo‘yicha “ Mash’al ” 14 ta, “Sho‘rtan” esa 8 tadan yutuqqa erishgan. 1 o‘yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 39 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, g‘uzorliklar esa 19 gol urishgan. 

“Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 5:0 ga teng. “Sho‘rtan”da bu ko‘rsatkich 3:1 bo‘lib turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q